Huawei 2
Sport gimnastikasida yana bir Parij-2024 litsenziyasi naqd qilindi

Xalqaro gimnastika federatsiyasi sport gimnastikasi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan atletlar jadvalini yangiladi. Quvonarlisi, unga asosan delegatsiyamiz hisobiga yana bir litsenzliya qoʻshildi.

2023-yil Belgiyaning Antverpen shahrida oʻtgan jahon chempionatining koʻpkurash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Habibullo Ergashev ham boʻlajak Olimpiada ishtirokchilari qatoriga qoʻshildi. Saralash musobaqalari yakunida fransiyalik atlet ham kvalifikatsiyadan oʻtdi. Shu bois, mezbonlar uchun ajratilgan kvota jahon chempionati orqali yoʻllanma ololmagan sportchilar orasida eng yaxshi natija koʻrsatib turgan Habibullo Ergashevga nasib etdi.

Shu tariqa, yigitlarimiz sport gimnastikasi boʻyicha ilk bor Olimpiya oʻyinlariga ikkita yoʻllanmani qoʻlga kiritishmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga