Shahram G‘iyosov WBO reytingi peshqadamiga aylandi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) iyun oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan:

Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlab 8-o‘ringa joylashdi;

Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlab 5-o‘rinni egalladi;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) o‘tgan oydagi kabi 5-o‘rinni egalladi;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) o‘tgan oydagi singari 6-o‘rinni egalladi;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab vazn peshqadamiga aylandi;

Bektemir Meliqo‘ziyev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagi singari 9-o‘rinni egalladi;

Bahodir Jalolov (superog‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagidek 15-o‘rinda qoldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72404 | Инструменты