Ruxshona O‘ktamova jahon rekordini yangiladi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Jumladan, yoshlar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida bahslarga kirgan hamyurtimiz Ruxshona O‘ktamova 109 kg natija qayd etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Eʼtiborli jihati, vakilimiz ushbu natija orqali o‘ziga tegishli bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon va qitʼa rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, 27-iyun kuniga qadar davom etadigan musobaqada 15 nafar para pauerliftingchilarimiz ishtirok etmoqda.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72404 | Инструменты