Bahrayn poytaxti Manama shahrida 16-25 fevral kunlari qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur qitʼa chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda 3 ta oltin va 5 ta bronza medalini jamg‘argan qilichbozlarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘smirlarimiz esa 2 tadan oltin va bronza hamda 1 ta kumush medallari bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.
Shuni taʼkidlab o‘tish kerakki, musobaqaning yakkalik bahslari sablya yo‘nalishida Osiyo chempioni bo‘lgan Alpamis Urakbayev, Musa Aymuratov va Nargiza Jaksibayeva kabi isteʼdodli qilichbozlarimizning erishgan muvaffaqiyati qitʼa mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты