Huawei 2
Parij-2024: Olimpiya o‘yinlarining umumiy xarajati qancha?

Parijda o‘tishi kutilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun davlat sarfi uch milliard yevroni tashkil etishi taxmin qilinayotgandi. Kutilmaganda, Fransiya hisob palatasi raisi Pyer Moskovichi “France” televideniyesi dasturi orqali chiqishida xarajat to‘rt yoki besh milliard yevroga ko‘tarilishi mumkinligini aytdi.

– Hali Olimpiada narxini bilmaymiz, Hisob palatasi o‘yinlar yakunlangach, jami davlat xarajatini hisoblab chiqadi, – dedi mulozim. – Taxminimizcha, umumiy sarf besh milliard yevro atrofida bo‘lishi kutilyapti. Ayni vaziyat davlatning qarzdorligiga jiddiy taʼsir ko‘rsatmaydi.

Moskovichi avvalroq Olimpiya o‘yinlari uchun davlat tomonidan ajratiladigan uch milliard yevro haqida gapirib, 2023 yil uchun mo‘ljallangan byudjet hujjatida 2,44 milliard yevrolik davlat investitsiyasi ko‘rsatilganini oshkor qilgandi. Binobarin, jami xarajatni hisoblab bo‘lmasligi ehtimoli ham yuqori.

Masalan, yaqinda politsiya xodimlari uchun 1900 yevro miqdorida bonus qo‘shildi. Shuning o‘zi hukumat sarfini 500 million yevro oshirib yubordi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga