Huawei 1
O'zbekiston harbiy taekvondochilari jahon chempionatida 12 ta medalni qo'lga kiritdi

1-3-iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida taekvondo WT bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o’tkazildi. 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafar sportchi qatnashgan musobaqada O’zbekiston terma jamoasi yuqori natijani qayd etdi. Murosasiz bahslar yakunida hamyurtlarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medal jamg’arishdi. Bu natija orqali yigitlarimiz ham, qizlarimiz ham umumjamoa hisobida birinchi bo’lishdi. 

G’olib va sovrindorlar:

Oltin:

-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Jasur Jaysunov
-87 kg: Shuhrat Salayev
+87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova
-73 kg: Gulsanam Alijonova

Kumush:

-57 kg: Madina Mirabzalova
+73 kg: Svetlana Osipova

Bronza:

-46 kg: Samira Adashaliyeva
-49 kg: Zuxra Tojimatova
-53 kg: Marjona Primova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты