Huawei 2
O'zbekiston bo‘ylab "Paralimpiya haftaligi" o‘tkaziladi

Joriy yilning 1-7 dekabr kunlari O'zbekistonda Paralimpiya harakatini rivojlantirishga qaratilgan “Paralimpiya haftaligi” tashkil etiladi.

Mazkur haftalik doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish tadbirlari bilan bir qatorda, tuman va shaharlar miqyosida imkoniyati cheklangan shaxslar, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda sport musobaqalari uyushtiriladi.

Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida 5x5 futbol, para yengil atletika, para stol tennisi, para badminton, golbol, para pauerlifting, para shaxmat va shashka sport turlari hamda quvnoq estafetalar kabi musobaqalar ko‘ngli imkonsizlikdan imkon topib, o‘z iqtidorini namoyishga chog‘langanlarga bir olam zavq ulashishi shubhasiz.

Haftalik davomida imkoniyati cheklangan yosh sportchilarga mashg‘ulot o‘tab kelayotgan trenerlar uchun turli trening-seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar ko‘rgazmasi bo‘yicha “Mahorat darslari” namoyish etiladi va iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni para sport turlariga yo‘naltirish va shu orqali sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini yana-da kengaytirish tadbirlari amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga