Huawei 1
Osiyo chempionati: Dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda bronza medaliga sazovar bo'ldi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkong mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Bugungi aralash jamoaviy yoʻnalishda kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Turkmaniston jamoasini chorak finalda magʻlub qilgan dzyudochilarimiz yarim finalda Moʻgʻulistonga imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan kurashda esa Janubiy Koreya termasi 4:1 hisobida magʻlub etildi.

Eslatib oʻtamiz, bunga qadar sportchilarimiz yakkalik dasturida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamgʻarishgan edi. Shu tariqa, jamoamiz musobaqani umumiy 7 ta medal bilan yakunladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga