Huawei 1
O‘zbekistonlik para velosportchilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni oldi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Biz uchun ahamiyatlisi,  qit'aning eng kuchli para velosportchilari qatnashgan musobaqada 19 nafar vakilimiz shohsupadan joy oldi:

Erkaklar

Bunyodbek Haytmahammadov (C1) oltin
G‘olibbek Mirzayorov (C2) oltin
Og‘abek Huderganov (C3)oltin
Azimbek Abdullayev (C5) oltin
Aziz Ataxo‘jayev (T1) oltin
Baxodir Odinayev (T2) oltin
To‘lqin Ravshanov (T2) kumush
Saidjabbor Dadaxonov (T1) bronza
Boymurod Yavqochev (C5) bronza
Abrorbek Ibrayimov (C4) bronza
Azizxo‘ja Olimxo‘jayev (C2) bronza
Muhammed ali Jo‘limbetov (C3) bronza

Ayollar

Azizaxon Qosimova (C3) oltin,
Kamola Nurillayeva (C4) oltin
Laziza Usmonova (T1) oltin
Odina Hamdamova (T2) oltin
Fotima Soipova (T1) kumush
Zarifa Mo‘minova (T2) kumush
Fotimaxon Haydarova (T2) bronza

Yakunda terma jamoamiz Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga