Avvalroq, yarim yengil vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Miraziz Mirzaxalilov IBA chempionlik kamari uchun majburiy daʼvogarga aylangani haqida xabar bergan edik.
Hamyurtimiz 16-fevral kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilgan "IBA Chempionlar oqshomi" turniri doirasida meksikalik Luis Rodriges Okanaga qarshi jang qilib, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan edi.
Ushbu g‘alaba orqali yarim yengil vaznda IBA chempionlik kamariga majburiy daʼvogarga aylangan Mirzaxalilov kamar uchun rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan jang qiladigan bo‘ldi. Shumkov o‘zining Eliminator jangida kubalik Saydel Xortni taslim etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31510 | Инструменты