Boks bo‘yicha super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares Terens Krouford va Isroil Madrimov o‘rtasidagi jangni esladi hamda ushbu bahsda o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozonganligini aytdi. Bu haqda “talkSPORT” nashri xabar berdi.
“Menimcha, Terens mag‘lub bo‘lgandi. Jangda hakamlar tomonidan hech bo‘lmaganda durang natija qayd etilishi kerak edi. Boshqa sabab ham bo‘lishi mumkin, lekin Krouford vazn toifalari nima uchun tashkil etilganini biladi”, deydi Alvares.
Ma’lumot o‘rnida, 2024 yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan jangda Krouford Madrimovni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50922 | Инструменты