IX qishki Osiyo o'yinlariga Xitoyning Xarbin shahri mezbonlik qiladi

2025-yilda bo'lib o'tadigan IX qishki Osiyo o'yinlari Xitoyning Xarbin shahrida o'tkaziladi

Osiyo Olimpiya kengashi hamda IX qishki Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi Xitoy olimpiya qo'mitasi bilan kelishgan holda o'yinlar o'tadigan sanalarni ham keng jamoatchilikka e'lon qildi.

Kelishuvga ko'ra IX qishki Osiyo o'yinlari kelgusi yilning 7-14-fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, VIII qishki Osiyo o'yinlariga 2017-yil Yaponiyaning Sapporo va Obihiro shaharlari mezbonlik qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты