Huawei 2
Isroil Madrimov - Terens Krouford jangi WBO kamari uchun o‘tkaziladi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) Madrimov - Krouford jangi g‘olibi WBO yo‘nalishining vaqtinchalik kamarini qo‘lga kiritishini ma’lum qildi.

Ushbu jangda g‘alaba qozongan bokschi birinchi o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik (Interim) WBO kamari sohibi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bu vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni Sebastyan Fundora hisoblanadi. Madrimov - Krouford jangi 3 avgust kuni Los-Anjeles shahrida tashkil etiladi. 

Ertaga Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan matbuot anjumanida bu haqda rasman e’lon qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga