Huawei 1
Havasbek Asadullayev prof boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi

25-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida joylashgan "Wrestling Palace" majmuasida IBA PRO 3 professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida charm qo‘lqop ustamiz Havasbek Asadullayev ham ringga ko‘tariladi. Andijonlik 25 yoshli Havasbekka o‘sha kuni rossiyalik tajribali bokschi Alan Xugayev raqib bo‘ladi. Jang yarimo‘rta vazn toifasida tashkil etiladi.

Maʼlumot uchun, bu Asadullayev uchun professional boksdagi to‘rtinchi jang bo‘ladi. U bundan avvalgi barcha janglarida g‘alaba qozongan. Ikki jangida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan. 26 yoshli Alan Xugayev hisobida esa 19 ta g‘alaba bor. U g‘alabalarining 9 tasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50920 | Инструменты