Huawei 2
ESPN: Terens Krouford navbatdagi jangini Isroil Madrimovga qarshi o‘tkazadi

Yarimo‘rta vazn (66,7 kg.gacha) toifasida WBC, WBO va WBA chempionlik kamarlari sohibi Terens Krouford navbatdagi jangini Isroil Madrimovga qarshi o‘tkazadi.

Bu haqda ESPN telekanali vaziyatga yaqin manbalarga tayangan holda xabar bermoqda. Hamyurtimiz birinchi o‘rta vazn (69,9 kg.gacha) toifasida WBA chempioni bo‘lib turibdi. ESPN bergan xabarga ko‘ra, ushbu jang 3 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.

Maʼlumot uchun, o‘tgan yilning 30 iyul kuni Krouford hamyurti Errol Spensning to‘qqizinchi raundda texnik nokautga uchratib, yarimo‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. Amerikalik chempion prof ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan, 31 ta jangda nokaut qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga