Dubayda para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogida Ro‘za Qo‘ziyeva g‘olib bo'ldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Kubogning ayollar o‘rtasidagi -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ro‘za Qo‘ziyeva yakkalik bellashuvlarida 120 kg natija bilan bronza, umumiy natijaga ko‘ra esa 345 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada Aqidaxon Axtamova 1 tadan oltin va kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты