Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning juftlik bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin vitse-chempionga aylandi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida Denis Istomin neytral tennischi Yevgeniy Karlovskiy bilan tandemda neytral tennischilar Yegor Agafonov hamda Ilya Simakin juftligiga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, bu uchrashuvda Denis va Yevgeniyga biroz omad yetishmadi. Shu tariqa ular musobaqada ikkinchi bo‘ldi.
Maʼlumot o‘rnida, musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ishtirok etib, chorak finalga qadar yetib borgan bo‘lsa, yana bir tennischimiz Humoyun Sultonov birinchi davrada mag‘lub bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32607 | Инструменты