Belbog‘li kurashchilarimiz jahon chempionatida 14 ta medal qo‘lga kiritishdi

23-iyun kuni Qozon shahrida tatar koreshi bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Ushbu dunyo birinchiligida 31 davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi va belbog‘li kurashchilarimizning mazkur xalqaro musobaqadagi  natijalari ham tahsinga sazovor bo‘ldi.

Quyida koresh bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoamizning natijalariga e’tibor qaratamiz.

Oltin medal sohibi:

Husniddin Ro‘ziyev - 85 kg

Kumush medal sohiblari:

Nodir Abdumalikov - 60
Oybek Sultonov - 70
Ilhom Mashrabov - 80 kg
Jasurbek Isroilov - 90 kg
Nodirbek Ahatjonov - 100 kg
Ilyosbek Mirzahmedov - 130 kg
Hislat Pirmatov - +130 kg

Bronza medal sohiblari:

Jamoliddin Ne’matullayev - 60 kg
Mardonbek Kimsanboyev - 65 kg
Azizjon Azimjonov - 70 kg
Nusrat Sultonboyev - 85 kg
Bekzodbek Kamoliddinov - 90 kg
A’zamjon Anvarjonov - +130 kg.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72404 | Инструменты