Olimpiya oʻyinlarining boks boʻyicha 71 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.
Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev 1/2 final bosqichi doirasida AQSH vakili Omari Jons bilan jang qildi. Keskin va murosasiz oʻtgan bahsda charm qoʻlqop ustamiz ochkolar hisobida gʻalaba qozondi va final yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Shu tariqa, charm qoʻlqop ustamiz, “Parij-2024” Olimpiya oʻyinlarining oltin medali uchun oʻtadigan uchrashuvda meksikalik Marko Verde va Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan Lyuis Richardson uchrashuvi gʻolibi bilan raqobatlashadi.
Ushbu jang 9-avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50607 | Инструменты