Huawei 2
Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onadagi “Mehrli maktab” filialining o‘quvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi

Ziroat Mirziyoyeva Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi “Mehrli maktab” gospital turdagi maktab filialining o‘quvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi uzoq muddat davolanayotgan bolalar taʼlim olishga qiziqishini yo‘qotmaganini, o‘qituvchilar ularni mehr va eʼtibor bilan qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rgach, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi va yoshlarni o‘z qobiliyatlari va isteʼdodini rivojlantirishga ruhlantirdi.

“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi 2022-yil mayda hukumat qarori bilan tashkil etilgandi. Unda uzoq vaqt davomida davolanayotgan hamda oddiy maktab yoki bog‘chaga qatnash imkoniyati bo‘lmagan bolalar bilim oladi va tarbiyalanadi. Ular reabilitatsiya jarayonidan ham shu yerning o‘zida ota-onalari ishtirokida o‘tadi.
“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga ko‘ra “Mehrli maktab” filiallari 2023—2028-yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etilishi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga