YUNESKO O'zbekistondagi o'qituvchilar malakasini oshirishga 435 ming AQSH dollari ajratadi
Toshkentda "O'zbekistonda o'qituvchilarning malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish va ko'lamini kengaytirish" ilmiy loyiha Boshqaruv qo'mitasining virtual yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, shuningdek YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tekshirish instituti hamda O'zbekiston Milliy universiteti vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro taraqqiyot tadqiqot markazi ko'magida tashkil etilgan tadbirdan asosiy maqsad - milliy manfaatdor tomonlar bilan birgalikda o'qituvchilarning malakasini oshirish modellarini ishlab chiqishdan iborat.
Ta'kidlash joizki, YUNESKOning "Gana, Gonduras va O'zbekistonda o'qituvchilarning malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish va ko'lamini kengaytirish" loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot tadqiqot markazi tomonidan (GPE -KIX) Ta'lim sohasidagi bilimlar va innovatsion almashuv bo'yicha global hamkorlik tashabbusi doirasida O'zbekistondagi o'qituvchilar malakasini oshirishga 435 ming AQSH dollar ajratilishi ko'zda tutilgan.
Ikki yillik loyiha (2020-2022) doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 150 maktab va 600 dan ortiq o'qituvchilarni jalb etgan holda ularning malakasini oshirish modeli ishlab chiqiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты