Huawei 1
“Xorazmda nafaqat mehnat qilish, balki bog‘ yaratish, mo‘l hosil undirish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi” — Sherzod Asadov

Prezident Xorazmga tashrifning ilk kunida Xonqa tumanidagi oilaviy fermer xo‘jaligi rahbari Oyimjon Otajanovani “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni bilan mukofotlagan edi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ushbu jarayon bo‘yicha fikr bildirdi.

“Yozi jazirama issiq, qishi qahraton sovuq, yerlari kuchli sho‘rlangan Xorazmda nafaqat mehnat qilish, balki bog‘ yaratish, mo‘l hosil undirish — bu ochiq aytish kerak, har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Shuning uchun xorazmlik dehqonlarni bir emas, ikki marta qahramon, desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi”, deb yozadi Sherzod Asadov.

Prezident matbuot kotibi Oyimjon Otajanova ana shunday fidoyi insonlardan biri ekanini taʼkidladi.

“Halol mehnati bilan nafaqat oilasi, balki mahalladoshlarini ishli qilib, farovonligiga hissa qo‘shayotgan dehqon ayolimizning ibratli faoliyati munosib eʼtirof etildi. Prezidentimiz farmoni bilan unga “O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni berildi”, deb yozadi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50323 | Инструменты