Xorazm viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Tangriberdiyev Ko‘palbay Raimberdiyevich Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

K. Tangriberdiyev 2000-yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali “Gospital terapiya” kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.

Turli yillarda Xorazm viloyat kardiologiya markazi shifokori, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar K. Tangriberdiyev Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты