Huawei 2
Xonanda Lola Yo‘ldosheva qaysi qonunni buzdi?

Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning sahnadagi ko‘rinishi sabab yuzaga kelgan eʼtirozlar to‘lqini hali tingani yo‘q. Omma go‘yo ikki lagerga ajralgandek - "Ayol kishi o‘zi istagan libosni kiyish yoki kiymaslik uning tanlovi emasmi” degan fikrlar ham bildirilayotgan bo‘lsa, ayrimlar hatto, “axloqsizlikni targ‘ib qilayapti” degan taʼna dashnomlar bilan xonanda Lolani “siylashyapti”. 

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, u qaysi qonunni buzdi? 

Bosh qomusimizda O‘zbekiston dunyoviy davlat ekanligi aytilgan. Bu libos ayol sifatida ham, inson sifatida ham uning tanlovi. Qabul qilish yoki qilmaslik esa bizning tanlov. Lekin, hech kim bir ayol shaʼnini bu qadar yerga urish, kamsitish huquqiga ega emas. Qolaversa, omma oldida shaxs shaʼnini bulg‘ovchi so‘zlar bilan haqoratlash, kamsitish va tuxmat qilish uchun javobgarlik borligini unutmaslik kerak.

2023-yilning noyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev davlatning dunyoviyligini mustahkamlovchi kodekslarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Jinsga qarab kamsitishni targ‘ib qilish, xususan 10 dan 20 baravargacha (3,3 million so‘mdan 6,6 million so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi. Tuhmat va haqorat uchun ham maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, deputat, “Yuksalish” harakati rahbari Bobur Bekmurodov ham o'z X (sobiq Twitter) sahifasida holatga quyidagicha munosabat bildirgan edi: "Lola Yo‘ldosheva qaysi qonunni buzdi? Javob — hech qaysi".

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga