Huawei 2
Xavfsiz va kafolatli mehnat migratsiyasi

O'zbekistondan har yili yuz minglab odamlar yaxshi ish izlab uylarini tashlab ketishadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston aholisining 2 millionga yaqini xorijiy davlatlarda ishlamoqda. Bu oʻrtacha hisobda, mehnatga layoqatli aholining 10%ini tashkil etadi. 1,4 mln oʻzbekistonlik ishchi migrantlar Rossiyada, 300 mingga yaqini Qozogʻistonda, qolganlari Janubiy Koreya, BAA, Turkiya va Yevropa davlatlarida faoliyat olib bormoqda.  

Qayd etish kerakki, migratsiya oqimi ishtirokchilarining mehnatga zaifligini kamaytirish va odam savdosi qurbonlarini himoya qilish hozirda dolzarb masalalardan biridir. Shu bilan birga chet elda mehnat faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqarolarimizning haq-huquq va manfaatlarini himoya qilish ham asosiy mavzulardan biri. Sababi so’nggi yillarda BAA, Koreya, shuningdek, Turkiya davlatlarida ko’plab odamlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Rossiya, Qozog’iston davlatlaridagi yurtdoshlarimiz esa turli tazyiq va kamsitilish holatlariga duch kelishmoqda.

Ammo huquqlarning poymol bo’linishiga ham jim qarab turib bo’lmaydi. Xo’sh, unda nima qilish zarur? Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma’lumotlariga ko’ra, hozirda mehnat migrantlarini qabul qilish bo’yicha  Rossiyaning analogi topilganicha yo’q. Ammo  agentlik hozirda ko’plab Yevropa hamda Osiyo davlatlari bilan shartnomalar imzolashga erishmoqda. Tashkilotning xorijdaish.uz saytiga kirib ko’ramiz. Ko’rib turganingizdek, elektron dasturda agentlik hamkorlik qiluvchi davlatlar ro’yxati keltirilgan. Bular orasida Rossiya qatori Belarus, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Latviya, Vengriya, Litva, , Turkiya, Shveytsariya va Germaniya davlatlarini ham ko’rishingiz mumkin. Hozirda Kanada davlati bilan ham shartnoma imzolashga erishilgan.

Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qoshida “Ishga marhamat!” monomarkazlari tashkil qilingan bo’lib, bu yerda xorijga ketish istagida bo’lganlar uchun ham maxsus kurslar tashkil qilingan. Bu kurslarda fuqarolar o’zlari ketayorgan mamlakat qonunlari, migrantlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, davlat tilini boshlang’ich darslarini olishmoqda.

Ortiqxo’ja Norovning so’zlariga ko’ra, chet elda huquqlari poymol bo’lgan yurtdoshlarimizga hujjatlarini tiklash, kompensatsiya ajratish, mehnat haqlarini undirib berish tarzidagi yordamlar ko’rsatib kelinadi.

Mutaxassisimiz har joyning o’ziga yarasha tosh-u tarozusi borligini eslatib, chet eldagi yurtdoshlarimiz ham o’sha davlatlarning qonun-qoidalariga rioya qilishlari kerakligini ta’kidladi.

Migratsiya qonunchiligi aprel oyida imozlangan “Migratsiya jarayonlarini takomillashtirish va mehnat migrantlarini qoʻllab quvvatlash” Prezident farmoni bilan mustahkamlanganini ham ta’kidlash lozim.  Farmonga ko’ra, endilikda tashkillashtirilgan tartibda mehnat migratsiyasiga ketayotganlar uchun til, kasb malakasi boʻyicha imtihon, ishchi viza va yoʻl chiptasi xarajatlari belgilangan miqdorda qoplab beriladi. Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatiladi. Shu bilan biraga 2024-yil 1-iyundan tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga 12 oy davomida 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan migrantlar va ularning oila aʼzolarini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Ota-onasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga “Inson” ijtimoiy xizmat markazlar tomonidan yordam koʻrsatiladi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga