Huawei 1
Venetsiya biyennalesida ikkinchi marotaba O‘zbekiston pavilyoni ochildi

Venetsiya biyennalesida bugun, 18-aprel kuni ikkinchi marotaba O‘zbekiston pavilyoni ochildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, bu yil anʼanalar bilan texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida hikoya qiluvchi “Donʼt Miss the Cue” ko‘rgazmasi taqdim etilmoqda.

“Ushbu loyiha o‘zbek ayolining madaniy va tarixiy ildizlarini anʼanaviy hunarmandchilik mahsuli bo‘lgan to‘qimachilik, liboslar orqali anglashga yordam beradi. Meni bu noyob loyiha chindan hayratga soldi”, – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yili XVIII Xalqaro Venetsiya meʼmorchilik biyennalesi ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilyonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga