Huawei 1
UzAuto Motors avtomobillarning narxi oshirilishi bo'yicha rasmiy bayonot berdi

UzAuto Motors avtomobillarning narxi oshirilishi bo'yicha rasmiy bayonot berdi.

"UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta ko'rib chiqish qarori narxlar kon'yunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o'zgarishi bilan bog'liq ekanligini ma'lum qiladi. 2020 yilning 4 martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun barcha shartlar saqlab qolinadi.

2017 yilning sentyabr oyida so'ngi marta avtomobil narxlari o'zgarganidan buyon dollarning so'mga nisbatan ayriboshlash kursi o'sdi, xom ashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshdi.

Bundan tashqari, avval soliq imtiyozlariga ega bo'lgan UzAuto Motors kompaniyasi 2019 yilning oktyabr oyidan boshlab O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan QQS bo'yicha to'lashni boshladi. 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. so'm soliq to'lagan bo'lsa, joriy yil uchun esa ushbu ko'rsatkich 4,2 trln. so'mni tashkil qilishi kutilmoqda.

Yaqin kelajakda kompaniyaning o'zi uchun belgilagan ustuvor yo'nalishlardan biri bu so'ngi vaqtda amaliyotda keng qo'llanilayotgan iste'molchilar uchun ajratiladigan avtokredit va muddatli to'lov tizimlarini yanada rivojlantirishdir. Ushbu yo'nalish banklar bilan yaqin hamkorlikni ko'zda tutadi. UzAuto Motors avtomobil kreditlarini rivojlantirishga tayyor bo'lgan banklar bilan hamkorlik uchun doim ochiq.

Aytish joizki 2019 yil davomida kredit dasturlari, muddatli to'lov va boshqa maxsus takliflar natijasida iste'molchilarga 52 mingdan ortiq mashina sotildi.

O'zbekiston avtomobil bozorini global isloh qilish doirasida, sog'lom raqobatbardosh ekotizimni yaratish maqsadida «O'zavtosanoat» yaqin kelajakda mas'ul davlat organlari tomonidan ko'rib chiqiladigan O'zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to'lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Ichki bozorda raqobatning kuchayishi UzAuto Motors kompaniyasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga, kompaniyaning raqobatbardoshligini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati va hammabopligini oshirishga imkon beradi", - deyiladi bayonotda.

Izohlar: 217
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Bek
    0
    Bek 5 yil avval

    Moshinana narxini kam oshiribdida 50 foiz oshirish kk edida xalqning puli oshib toshib yotibti nima qilarini bilmasdan.

  • Комент
    0
    Комент 5 yil avval

    Шунча фикр билдирилди.Лекин савод кани.ёзувни фикрни каранг.Шунчалик саводсиз одам яна катта бир корхонани мухокама килаяпти.Иктисодни тушинсанг фикр билдир тушинмасанг урган.

  • Тохир
    0
    Тохир 5 yil avval

    Машна. оламан. деб. нияат. килиб пул. йигандим. ..кембаглди. туйани. устидан. хам. ит. копади. деганлари. шу. булса. керае..

  • Дилшод
    0
    Дилшод 5 yil avval

    Авто слони ёкиш керак ушанда рстамошка очилад ну зато хамма инамарка минади

  • Обид
    116
    Обид 5 yil avval

    таможни очилса хеч ким узавтодан харид қилмайди

  • sacom333@gmail.com
    983
    Sacom333 5 yil avval

    Не унда россияда арзон бизага нисбатан? Россияга йул Кира ишлатиб обориб сотасанла арзонга узимизда буса холаган нархинга сотасанла. Монополистла тупирдим нархинга бошка омийман мошинени. Иномарка оламан

  • Бобур
    31
    Бобур 5 yil avval

    Вой маладец Канака конкуренция бож яна куйилдию Хуллас нима бусаям бизга жабр эканда

  • Lazizjon
    42
    Lazizjon 5 yil avval

    Chetga yarim narxida sotib xalqga pullesizlar aholini boy qatlami olishi mumkin xohlagan avtomobilni lekin past qatlami qanday qilib oladi bunaqa narxdagi avtomobillarni topadigan oyligi qanchayu Xalqni ham o'ylanglar

  • bexzodxawimov@gmail.com
    60
    Bexzodxawimov 5 yil avval

    Johonga chiqiw uchun ozini xalqini qiynidimi owirib narxlani soqqa qiliw hammasi

  • Истимолчи
    43
    Истимолчи 5 yil avval

    Анник конкрет байонат йук болмайдиям . Озларин миниш 90 млн.лик дамасини

  • Шохаббос
    11
    Шохаббос 5 yil avval

    УЗБ нинг енгн катта монополиячисанлар хаммаларинг

  • Жуманазар
    15
    Жуманазар 5 yil avval

    Халкни алдаманглар мунчаликхам илтимос силардан

  • Shoxruxmirzo
    18
    Shoxruxmirzo 5 yil avval

    Xalq xalq dep xalqni umuman uylamaypsanla chet elda bu mashinalaring hech qaysi model bilan raqobat qilaolmaydi mart buliyla rastamochkani ochiyla bizam minaylik moshina

  • Alisher
    60
    Alisher 5 yil avval

    Hamma o‘zini o‘ylaydi xalq bilan hechkimni ishi yo‘q xudo insoflarizni bersin

  • Suxrob
    33
    Suxrob 5 yil avval

    mashinani narxiga o'xshab oyliklar ham 20 % oshsa bo'larmidi?????

  • Sirojiddin
    7
    Sirojiddin 5 yil avval

    Qachon mahalliylashturiladi xom ashyonlaring????? Qachongacha otni kallasidek pulga chetdan sotib olishmoqchisan shundan gapir)))

  • Зулфиқор
    18
    Зулфиқор 5 yil avval

    хаммаси узини оқлаш учун бохона холос

  • Shovkat
    12
    Shovkat 5 yil avval

    Qani vada qani xaqiqat xalqni dardini eshitaslarmi ozi

  • Shoxjaxon
    24
    Shoxjaxon 5 yil avval

    Nimaga unda Rossiasa 4200$ moshina bizada 10.000$

  • Shoxruxmirzo
    25
    Shoxruxmirzo 5 yil avval

    Xalqni ham uylasalaring yaxshi bulardi yoki zavodlaringnni yopiq quyinglar Rastamochkani ochib

  • Bobur
    46
    Bobur 5 yil avval

    Narx nima uchun bunchalik kop oshganligini yaxshilab tushunmadm baribr

  • Ravshan
    49
    Ravshan 5 yil avval

    Tushrlarin boldi narxi


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50509 | Инструменты