Huawei 1
Toyloq tumanida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi, prokuratura va “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi.

Ma'lum bo'lishicha, “I.a.” MCHJ rahbari I.M. MCHJ issiqxonasida istitish qozoni va qo‘lbola yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirincha ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga