Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi.
Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanida oqova suv tizimini yaxshilash borasida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli, 30-aprel sanasidan taxminan bir oy muddatga Katta Olmos ko‘chasidan Ilg‘or shohko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l qisman yopilgan.
Transport vositalari harakati aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi.