Toshkentda Turkiya universitetining filiali tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 iyunda “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 389-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filiali tashkil etildi.
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialida ta'lim faoliyati 2020/2021 o'quv yilidan boshlanadi.
Fililal nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanib, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni kengaytirish, ta'lim oluvchilarning innovatsion g'oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar uning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Filial bitiruvchilariga O'zbekistonda oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil fevral oyida Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va shu asosda Toshkent shahrida Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti filialini tashkil etish belgilab berilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52910 | Инструменты