Huawei 1
Toshkentda Turkiya elchixonasi qoshida maktab quriladi

Toshkent shahrida Turkiya elchixonasi qoshida maktab qurish uchun yer maydoni ajratildi. Bu bo‘yicha 5 iyun kuni poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov tegishli qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Shayxontohur tumani “Kohota” MFYda joylashgan 0,31 gektar yer maydoni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga doimiy foydalanish uchun beriladi.

Qayd etilishicha, loyiha prezidentning 2020 yil 4 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini taʼminlash hamda yer ajratishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Vazirlikka barcha zarur hujjatlar, jumladan, arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari rasmiylashtirilishini taʼminlash topshirildi. Muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza zonasini saqlab qolish ishlari o‘z mablag‘lari hisobidan bajarilishi kerak.

Qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov zimmasiga yuklatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61106 | Инструменты