Huawei 1
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan dorixona rahbari ushlandi

Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida psixotrop hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro SH.S. jami 40 dona “Baklosan” nomli psixotrop dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 560 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.F” XKga qarashli dorixona sotuvchisi D.A. hech qanday hujjatsiz jami 80 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.B.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “O.F.” MCHJga qarashli dorixona rahbari D.X. fuqaro B.S.ga xorijda ishlab chiqarilgan 20 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты