Huawei 1
Toshkentda imtiyozli uy-joy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda imtiyozli uy-joy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Ma'lum qilinishicha, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro G.R.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yondamida unga 27 000 AQSH dollari evaziga ehtiyojmand oilalarga ajratiladigan imtiyozli uy-joydan olib berishini va’da qilib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga