Huawei 1
Toshkentda 3 ta mashina to‘qnashdi. Haydovchilardan biri jarohatlandi

7 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Malibu-2, Monza va Onix rusumli avtomashinalar to‘qnashib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 13:30 larda Chilonzor tumanining Bunyodkor ko‘chasida bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Malibu-2, Monza va Onix rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyini tashlab ketgan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasi (haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi) va 137-moddasi (yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomashinalar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. YTH oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51000 | Инструменты