Huawei 1
Toshkent viloyatidagi bog‘da 800 tupga yaqin daraxtlar yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Ohangaron tuman, "Qorahtoy" MFY hududidagi bog‘ni yoqib yuborishgan, 1500 ga yaqin daraxtlar yongan”, mazmunidagi xabar bo’yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o’rganildi va quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 25-mart kuni Ohangaron tumani, O’zbekiston MFY, Istiqlol ko’chasi 27-uyda yashovchi fuqaro  R.S. tomorqasida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, to’plangan qamish va xashaklarni yoqib yuborishi oqibatida alanga mahalla hududidan oqib o’tuvchi Ohangaron daryosi muhofaza zonasi va tuman zahirasidagi qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yer maydoniga o’tib ketgan. U yerda mavjud mevali 41 tup jiyda, 11 tup yong’oq hamda manzarali 678 tup kirchin va 8 tup terak daraxtlari yonib ketishi natijasida tabiatga 459 million 657 ming so’m moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o’tkazildi hamda natijasi bo’yicha joriy yil 30-aprel kunida fuqaro R.S.ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 198-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilishi ta’minlandi.

Hozirda Ohangaron tuman IIB Tergov bo’limi tomonidan jinoyat ishi bo’yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda hamda tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga