Huawei 1
Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda kadastr xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Dastlabki o'rganish natijalariga ko'ra, ushbu holat Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ro‘y bergani ma'lum bo'ldi.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ayni paytda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, holat kadastr xodimi tomonidan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida yashovchi fuqaro A.Bning qo‘shnisi tomonidan yo‘l berkitilib, devor qurilgani  yuzasidan yo‘llagan murojaatini o‘rganish davomida yuz bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga