Toshkent viloyatida 5 tup ko‘p yillik sharq chinorini kesganlar qamaldi

Toshkent viloyatida 5 tup ko‘p yillik sharq chinorini kesganlar ozodlikdan mahrum etildi

Qayd etilishicha, 4 nafar jinoiy sherik 2023-yilning 5-dekabr kuni yarim tunda O‘rta Chirchiq tumani Mash’al mahallasi hududidagi “Ma’rufxon” fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydoniga borishgan. Ular o‘zlari bilan olib kelgan motorli arra va boshqa ish qurollari yordamida jami narxi 247 mln 180 ming so‘m bo‘lgan 5 tup ko‘p yillik sharq chinorini tag qismidan kesib olishadi.

So‘ngra chinorlarni bo‘laklarga bo‘lib, o‘zlari yollagan yuk mashinasiga ortishgan va sotish uchun Toshkent shahrida joylashgan taxta bozoriga yo‘l olishgan. Ammo mo‘may daromad topish ilinjidagi “ishbilarmon” yo‘lda IIB xodimlari tomonidan to‘xtatiladi. Tekshiruv jarayonida ular daraxtlarni noqonuniy kesib, tabiatga 247 mln 180 ming so‘m zarar yetkazishgani aniqlanadi.

Jinoiy sheriklarning qilmishi sudda ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ishga boshchilik qilgan fuqaro Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Shuningdek, uning sheriklari ham aybli deb topilib, bittasi 2 yil, qolganlari 1 yildan ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты