Huawei 2
Toshkent viloyatida 2 dona tog' lolasini uzgan shaxs 1,7 mln so'm to'laydigan bo'ldi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, reyd davomida Ohangaron tumani Chetsuv MFY tog‘li hududida fuqaro I.E. tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 2 dona  tog‘ lolasini uzib tabiatga zarar yetkazganligi aniqlangan.

"Ushbu holat uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 1 mln 700 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llanildi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga