Huawei 2
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda gul ekishga qariyb 8 mlrd so‘m ajratdi

Toshkent shahrida gul ko‘chatlarini xarid qilish va ekishga 7 mlrd 920 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda shahar hokimining qarori qabul qilindi.

Hujjatda keltirilishicha, mablag‘ shahar mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi hisobidan ajratilmoqda. Uning bir qismi tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalariga taqsimlab berilgan.

Jumladan, ushbu maqsad uchun Bektemir tumaniga 50 mln, Mirobod tumaniga 350 mln, Mirzo Ulug‘bek tumaniga 415 mln, Sergeli tumaniga 70 mln, Olmazor tumaniga 400 mln, Shayxontohur tumaniga 240 mln, Yashnobod tumaniga 150 mln, Chilonzor tumaniga 435 mln, Uchtepa tumaniga 110 mln, Yunusobod tumaniga 100 mln, Yakkasaroy tumaniga 300 mln hamda Yangiobod tumaniga 100 mln so‘m ajratilgan.

5,2 mlrd so‘m mablag‘ esa Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarga, jumladan, Irrigatsiya xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish obektlarini ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga 3,2 mlrd so‘m, Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga 1,5 mlrd so‘m va Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga 500 mln so‘m berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga