Huawei 1
"Surxon" davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga bo‘rsiq muhrlandi

Ekologiya vazirligi  tasarrufidagi "Surxon" davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga bo‘rsiq muhrlandi.

Bo‘rsiq – Amudaryo  qayirlari va suv havzalariga yaqin joylarda qirg‘og‘ida yashaydi. Sut  emizuvchilar turkumining suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon bo‘lib, bo‘rsiqlar urug‘ining yagona turi hisoblanadi.

Tanasi pakana, bosh tomon keskin ensizlashgan. Bo‘yni qisqa tumshug‘i cho‘ziq ensiz.Oyoqlari kalta, baquvvat,tovonni bosib yuradi.

Tana uzunligi 60-90 sm, dumi 15-20 sm.

Ko‘proq tungi hayot tarzida yashaydi. Ko‘p vaqtini to‘mtoq va kuchli tirnog‘i bilan kovlagan inida o‘tkazadi. Kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar bilan ham oziqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga