Huawei 1
SSV: O‘zbekistonda ilk bor patronaj doyalari xalqaro standartlar asosida o‘qitildi

O'zbekistonda tibbiy brigada doyasi shtatlari joriy qilinishi birlamchi tizimda onalar va bolalar salomatligini saqlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirdi. O‘tgan vaqt mobaynida ularga zarur ko‘rsatmalar va faoliyatning muhim yo‘nalishlari belgilab berildi.

Prezidentning 2023 yil 8 sentyabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2023 yil 24-25 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryoda jami 892 nafar tibbiy brigada doyasi “Sog‘lom oilani shakllantirish” mavzusida o‘qitildi.

2023 yil 15 noyabrdan 2024 yil 13 aprelgacha 4 bosqichda tashkil etilgan ushbu o‘quvlar:

— Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi;
—  Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan Turkiyaning Istanbul universiteti hamda Belarus davlat tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida patronaj doyalari uchun 756 kredit soatga mo‘ljallangan o‘qitish dasturining 144 soati reja asosida byudjet mablag‘lari hisobidan ishdan ajralgan holda amalga oshirildi.

Mustaqil amaliyotning 576 kredit soati esa doyalarning ish joylarida tashkil etildi.

Kurs yakunidagi imtihonoldi tayyorlanish va yakuniy nazorat uchun ishdan ajralgan holda 36 kredit soat ajratildi.

Ayni paytda Latviya va Belarus Respublikasidan kelgan mutaxassislar tomonidan xalqaro standartlar asosida tayyorlangan 44 nafar mahalliy trener qashqadaryolik doyalarni yakuniy sinovdan o‘tkazmoqda.

Imtihon natijalariga ko‘ra patronaj doyalariga tegishli ixtisoslik bo‘yicha sertifikat taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga