Huawei 1
Sirdaryoda tadbirkorning 943,1 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.A.” MCHJning transport bo‘limi sobiq menejeri M.X. umuman harakatlanmagan yoki qisqa masofaga harakatlangan avtotransport vositalariga yog‘ilg‘i-moylash materiallari sarf qilinganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib, tadbirkorning jami 943,1 mln so‘mlik mahsulotini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga