Huawei 2
Sirdaryoda onlayn kameralar orqali chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga chek qo‘yildi

Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyatida oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlanib, chora ko‘rilmoqda.

Xususan, Guliston shahar "Bog‘ishamol" MFY hududiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali bir nechta joyga chiqindi tashlab ketilgani ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, Guliston shahrining "Navbahor" MFY hududidagi kuzatuv kameralari orqali fuqarolar T.K. va Q.D. belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani ma'lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan har bir huquqbuzarga MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi.

Ma'lumot uchun, ayni damda Sirdaryoda 21 ta onlayn kuzatuv kameralari o‘ratilgan. Bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga