Shavkat Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun bir guruh xotin-qizlarni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Qayd etilishicha, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq maʼqullangan.

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

  • Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va sanʼat maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi
  • Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
  • Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi - O‘zbek milliy maqom sanʼati markazining Andijon viloyati bo‘limi artist-maqomchisi
  • Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi - Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Gara guri” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi
  • Pulatova Mohichexra Temirovna - Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
  • To‘xtamishova Gulnora Mels qizi - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi
  • Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)
  • Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi  3-bosqich talabasi
  • Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
  • Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
  • Eshpo‘latova Mohira O‘tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta taʼlim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi (Navoiy viloyati)
  • Omonboyeva Meruyert Erkin qizi - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Qosimqaji-Meruyert” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori
  • Xakimova Dilshoda Oybek qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
  • Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
  • Savadyan Vilana Arsenovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
  • Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi - Samarqand viloyati Tayloq tumani “Qo‘shchinor” gazetasi muxbiri
  • Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
  • Irisqulova Kamola Normat qizi - Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)
  • Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)
  • Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi
  • Tursunboyeva Fotima Botir qizi - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)
  • Xaqnazarova Umida Ural qizi - Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti
  • Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha sportchisi
  • Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi - Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi
  • Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi
  • Sapayeva Risolat Rustam qizi - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi
  • Tosheva Marjana Rustam qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o‘qituvchisi
  • Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna  - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya sanʼati fakulteti 1-bosqich talabasi
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты