Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro F.U. o‘ziga tegishli bo‘lgan noturar ob’yektda tashkil etgan yashirin sexda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.
100 litr qo‘lbola yog‘, 2 360 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120414 | Инструменты