Huawei 1
Shahrisabz shahri va tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi

Shahrisabz shahri – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024-yildagi turizm poytaxti deb e’lon qilingan. Shu bois hukumat oldiga Shahrisabzda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar qo‘yildi.

Shahrisabz shahri va tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi. Hisorak-G‘elon va Hisorak-Sarchashma yo‘li ikki tasmali qilib ta’mirlanadi.

Chiroqchi-Sho‘rquduq avtomobil yo‘lining 30 kilometri ta’mirlanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi. Natijada Shahrisabzga ko‘proq sayyohni jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Shahrisabzda turizm klasterini tashkil etish doirasida 2025-yilda G‘elondan o‘tuvchi Oqsu daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta GESni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Shahrisabz turizm texnikumida Shveysariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi.

Umuman, mutasaddilar va viloyat hokimlariga turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanni tanlab olib, Rossiya, Turkiya, Xitoydan maslahatchilarni jalb qilgan holda ushbu tumanlar master rejasini ishlab chiqish va har biriga kamida 50 million dollarlik investisiya jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты