Huawei 1
Sariosiyo aeroporti ilk texnik reysni qabul qildi

Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo mahalliy aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. Aeroport 29-aprel kuni “Silk Avia” aviakompaniyasining ATR-72-600 samolyotida amalga oshirilgan birinchi texnik parvozini qabul qildi.

Aeroport aerodromining sun’iy sirtki qismi kapital ta’mirlandi, ya’ni uzunligi 1550 metr, eni 35 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagining butun uzunligi bo‘ylab ikki qatlamda, yurish yo‘lagi hamda ikkita ATR-72-60 samolyoti uchun to‘xtash joylari mavjud perroni asfalt-beton bilan mustahkamlandi.

"Sariosiyo aeroporti aerodrom majmuasi uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatli faoliyati (1976 yildan), shuningdek, zarur darajadagi parvozlar xavfsizligini ta’minlash hamda ATR-72 rusumli va quyi toifadagi havo kemalarini qabul qilish va uchirish maqsadida kapital ta’mirlashni talab qilar edi. Bugun aeroportga texnik reys amalga oshirildi, bu aerodromning havo kemalarini qabul qilish va uchirishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi”, — deyiladi "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati xabarida.

100 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilishi ham nihoyasiga yetmoqda. Barcha ishlar yakunlangach, bir oy ichida Sariosiyo aeroportiga muntazam reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sariosiyo so‘nggi yillarda o‘z faoliyatini tiklagan beshinchi hududiy aeroport bo‘ldi. Bungacha Mo‘ynoq, Qo‘qon, Shahrisabz va Zomin aeroportlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51001 | Инструменты