O‘zbekistonning yetakchi neft-gaz kompaniyasi “Sanoat Energetika Guruhi” XK MCHJ (Saneg) shu kunlarda neft va gaz qazib olish infratuzilmasi obyektlarini texnik modernizatsiya qilish bosqichini yakunladi. Loyiha natijasida chiqindilarni atrof-muhitga zarari sezilarli darajada kamayishi kuzatiladi.
Dekarbonizatsiya loyihasi oqib ketishni aniqlash va bartaraf qilish (LDAR) bo‘yicha ilg‘or usullardan foydalanilgan holda, VEMA S.A. (Shveysariya) va ICA-Finance AS (Norvegiya) kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirildi.
Dekarbonizatsiya loyihasi yiliga 83 000 tonnadan ortiq karbonat angidrid zararini sezilarli va qaytmaydigan darajada kamayishiga olib keladi. Natijada 20 000 ga yaqin avtomobillardan chiqayotgan zarar bartaraf qilinadi. Bundan tashqari, Saneg loyihasi chiqindilarni monitoring qilish samaradorligini oshirish va ularning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish imkonini beradi.
Loyiha, ishlab chiqarish bosqichida chiqindilarni kamaytirish (UERs) dan kelgusida olinadigan foydadan amalga oshirish hisobiga, ishtirokchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi. Loyiha Yevropa yoqilg‘i sifati bo‘yicha direktivasi (FQD) doirasida toza rivojlanish mexanizmi (MCHR) metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
XK MCHJ “Sanoat Energetika Guruhi” O‘zbekistondagi eng yirik neft va gaz ishlab chiqarish tashkilotlaridan biri bo‘lib, mamlakatda neft qazib olishning 80 % va gaz qazib olishning 5% ulushini tashkil qiladi.
VEMA S.A. kompaniyasi issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va muqobil energiya texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishda 25 yildan ortiq tajribaga egadir.
ICA-Finance AS 15 yildan beri uglerod birliklarini hayot aylanishi bo‘yicha MCHR i UERs loyihalarini milliy va nodavlat neft va gaz kompaniyalari bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi kompaniyadir.
LDAR loyihasi doirasida tomonlar metan oqishini aniqlash va bartaraf qilish maqsadida “Sanoat Energetika Guruhi” XK MCHJ kompaniyasining kadastrini to‘liq tahlil qilishdi. Natijada har yili 3,6 million kub metrdan ortiq tiklanadigan metan (CH4) olinish boshlandi. Endi bu metan loyiha maydonida ishlatiladi, yoki mahalliy bozorda isteʼmolchilarga taklif qilinadi. Hozirgi kunda kompaniyalar yiliga 100 million kubometr metanni qisqartirish bo‘yicha yana to‘rtta loyiha ustida ishlamoqdalar.
“Bu loyiha - umumiy omadimiz tarixidir va u haqida taʼkidlashdan mamnunmiz, - deydi ICA-Finance AS Bosh direktori Arne Peder Bliks. – Biz O‘zbekistonda yana-da ko‘proq loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz, bu bilan mamlakatni samarali va sifatli chiqindilardan xalos etish usullari bilan taʼminlaymiz”.
“Bizning kompaniyamiz chorak asr davomida energiya samaradorligi, issiqxona gazlari va metan chiqindilarini kamaytirish sohasida faoliyat yuritadi. Va biz, ushbu loyihada qatnashganimizdan, metan oqishini bartaraf qilish bo‘yicha ko‘p yillik tajribamizni joriy qilganimizdan fahrlanamiz. Biz o‘z tajribamiz bilan keyingi loyihalarda ham bo‘lishib, O‘zbekiston ekologiya standartlarini yana-da rivojlantirishni rejalashtirganmiz, - deb taʼkidladi VEMA SA kompaniyasi direktori Mixail Partikevich.
“Bizning neft-gaz kompleksini dekarbonizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihamiz bu nafaqat texnologik taraqqiyotdir, balki sohani yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini atrof-muhitga g‘amxo‘rlik bilan qanday qilib samarali birlashtirishi mumkinligiga yorqin misoldir”, - dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov. - Taʼkidlash joizki, bizning barqarorlikka sodiqligimiz Jahon tendensiyalarini aks ettiradi, bu O‘zbekiston Respublikasining Dubaydagi COP-28 Metan bo‘yicha Global majburiyatiga qo‘shilishi bilan tasdiqlanadi. O‘zbekiston 2030 yilga kelib metan chiqindilarini 30 foizga kamaytirish niyatini bildirdi va bu iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda harakat qilish muhimligini taʼkidlaydi. Biz ushbu umumiy harakatning bir qismi bo‘lganimizdan xursandmiz va sayyoramizni kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga hissa qo‘shib, sanoatimizda innovatsion yechimlarni amalga oshirishni davom ettirishga tayyormiz”.
Reklama huquqi asosida
Alpha version: 0.9.1.19 build 60221 | Инструменты