Huawei 2
Samarqandda issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.B.” MCHJ masʼul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan issiqxona qurilishini to‘liq amalga oshirmasdan rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali 1,7 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga