Huawei 1
Rossiyaning Novosibirsk viloyati maʼmuriyati migrantlarga taksi haydovchisi sifatida ishlashni taqiqlab qo‘ydi

Rossiyaning Novosibirsk viloyati maʼmuriyati migrantlarga taksi haydovchisi sifatida ishlashni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Viloyat gubernatori Andrey Travnikov tegishli qarorni 15-aprel kuni imzolagan. Qarorga ko‘ra, muhojirlarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlash, ichimliklar va tamaki sotish taqiqlanadi.

Bu chora o‘tgan oy Moskva yaqinidagi konsert zalida yuz bergan teraktdan so‘ng Rossiya bo‘ylab, asosan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan xorijlik ishchilarga bosim kuchaygan bir paytda amalga oshirildi.

Travnikov chiqargan qarorga ko‘ra, Novosibirskdagi ish beruvchi kompaniyalar 60 kun ichida taksi haydovchisi sifatida faoliyat yuritadigan yoki tamaki hamda alkogolli ichimliklar sotish sohasida ishlovchi mehnat muhojirlarini ishdan bo‘shatishlari shart. Qaror ijrosini rasmiylar jiddiy kuzatib boradi.

Xuddi shunday taqiq dastlab Rossiyaning Novgorod viloyatida chiqarilgan edi. Viloyat rasmiylari muhojirlarni qator sohalarda ishlashdan cheklab qo‘ygan. Bora-bora chet ellik muhojirlarga taqiq kiritgan viloyatlar soni 9 taga yetgan.

2015-yilda Rossiya hukumati mahalliy mehnat bozorlarini tartibga solish va Rossiya fuqarolarini ishga joylashtirishda ustuvorlik belgilash maqsadida mintaqaviy hokimiyatlarga chet ellik mehnat muhojirlarini bir yilgacha muddatga mehnat faoliyatini taqiqlash huquqini bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga